Get Mystery Box with random crypto!

Kim namozni kechiktirishga odatlangan boʻlsa, hayotidagi barch | Abdusattor

Kim namozni kechiktirishga odatlangan boʻlsa, hayotidagi barcha ishlarini ortga surishga tayyorgarlik koʻraversin:
uylanish, ish, zurriyot, ofiyat... Zotan, Alloh uni barcha narsada ortga surib qoʻyadi.

Hasan Basriy aytdilar:
“Agar senga namozing arzimas narsaga aylangan boʻlsa, unda sen uchun nima qadrli boʻla oladi?!
Namozing qanchalik toʻgʻri boʻlsa, hayoting ham shunchalik toʻgʻri boʻladi.
Axir bilmaysanmi, namoz «najot”ga yaqin turadi?! “Hayya ʼalas-solaah! Hayya ʼalal-falaah!” (Namozga kelinglar! Najotga kelinglar!)

Qanday qilib Allohdan U Zotning chaqirigʻiga javob qilmay turib muvaffaqiyat soʻraysan?!

Allohim! Bizlarni namozni oʻz vaqtida ado etadiganlardan qilgin!

@abdusattor