Get Mystery Box with random crypto!

Sizlar tekinxo'rsizlar! Umar ibn Xattob ahli Yamandan bir gur | Abdusattor

Sizlar tekinxo'rsizlar!

Umar ibn Xattob ahli Yamandan bir guruh odamlarga yo'liqib qolib: "Sizlar kimsizlar?" deb so'radilar. "Tavakkul qiluvchilarmiz", deyishdi ular. "Yo'q! Sizlar tekinxo'rlarsiz. Tavakkul qiluvchi oldin donni yerga sepib qo'yib, keyin Allohga tavakkul qiladi", dedi Umar".

Tavakkulning Qur'oni Karimda kelgan ma'nosiga qaraydigan bo'lsak, bu to'g'risida eng to'g'ri ta'limotni olgan bo'lamiz.

︎Imom Buxoriy Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar, u kishi: "Yaman ahli hajga ozuqa olmay kelishar, "Biz tavakkul qiluvchilarmiz", deyishar edi. Makkaga kelgandan so'ng odamlardan tilanchilik qilishga tushishardi".

#Xulosa o'zingizdan..

@abdusattor