Get Mystery Box with random crypto!

Xo‘p uxlash ko‘p uxlashdami? • 1 kunda o‘rtacha 8 soat uxlay | Abdusattor

Xo‘p uxlash ko‘p uxlashdami?

• 1 kunda o‘rtacha 8 soat uxlaydigan kishi 60 yillik umri davomida 20 yilni uxlab o‘tkazib yuboradi. 20 yil, tushunyapsanmi Karl?

– Uxlash kasblarga, yosh darajasiga, insonlarning ijtimoiy mavqesiga va statuslarga qarab, hammada har xil bo‘ladi. Masalan, tolibi ilmga 8 soat uxlashi u uchun kulfat, lekin yosh bolalar uchun esa ozdir. Shu jumladan og‘ir ish bilan shug‘ullanuvchi va avom xalq uchun 8 soat uxlash qoralanmaydi.

• Shu o‘rinda ajoyib bir ibora esimga keladi: "Agar ish bermoqchi bo‘lsang, ish qiluvchidan kamroq uxlashing kerak". Mutaxassislikka erishmoqchi bo‘lganlar uchun uyquning eng kam aniq limiti yo‘q desam adashmagan bo‘laman. Men sohamda mutaxassis bo‘lishim uchun bir kunda 2, 3 soat uyquni lozim tutganman kezi kelgan payt. Hamda bu narsa faqat mendagina emas.

Shu o‘rinda e'tiboringizni bir narsaga jalb etmoqchiman. Agarda bir kunda 24 soatni to‘liq foydali o‘tkazishingizda faqat uyqu xalaqit qilayotgan bo‘lsa, e Valloh, juda ham yaxshi. Ammo, ko‘p o‘z ustimda ishlay deb kam uxlab, lekin kunduzini bekor sarflaydigan bo‘lsangiz, xuddi suvni teshik paqirga solmoqchi bo‘lganingizdek gap.

– Tasavvur qiling, suvni teshik paqirga solmoqchisiz, qancha qismini ushlab qolasiz, hech qancha. Ha, hech qancha ushlab qololmaysiz, xuddi samaradorlikni ham kechasi uyquni yengib chiqib, kunduzini uvol qiladigandek bo'lganingiz kabi. Aslida biror narsaga erishish uchun kunduzni to'liq foydalana olish kifoya qiladi. Ammo biz hurmatli dangasa, ishyoqmas "гражданин"lar shuni ham eplay olmaymiz(To'g'rirog'i, eplay olmayapsiz).

Tunni yenging, qachonki kunduzni yuta olsangiz!

@abdusattor