Get Mystery Box with random crypto!

Mendan, yangi biznesni tashkil qilish uchun nima yaxshiroq ajo | Abdusattor

Mendan, yangi biznesni tashkil qilish uchun nima yaxshiroq ajoyib va yangi gʻoyadan foydalanish kerakmi yoki allaqachon yaratilgan modellardan foydalanish foydaliroqmi, deb so'rashganida, men hamisha tayyor, mavjud boʻlgan biznes modellardan foydalanishni tavsiya qilaman. Mavjud boʻlgan narsalardan foydalanishning ijobiy tomonlari shundaki, bunda ushbu mahsulotdan foydalanishga urganib qolgan koʻplab mijozlar soni allaqachon bor. Siz mijozlarni tarbiyalash, ularda sizning mahsulot va xizmatlaringizdan foidalanish odatlarini yaratishingiz uchun vaqtingiz va kuchingizni sarflashingizga to'gʻri kelmaydi. Bunda shunchaki bor boʻlgan mahsulotlarni yetkazib berish va koʻrsatiladigan xizmatlarni hozirgi bozordagidan koʻra arzonroq, tezkor va sifatliroq qilish yoʻllarini izlang

Million dollarlik xatolar kitobidan

@abdusattor