Get Mystery Box with random crypto!

Yangi adminlar haqida... ― Reklama mavzusi Bu postimiz teleg | Abdusattor

Yangi adminlar haqida... ― Reklama mavzusi

Bu postimiz telegramdagi yangi adminlar va ularning yangi ochilgan kanallari hamda ularning reklama tematikasi haqida bo'ladi. Chunki ko'pchilik yangi adminlar kanal ochib, uni ko'pincha guruhlarda reklama qiladi.

Kanalni guruhlarda to'g'ridan-to'g'ri (odatda bepul) reklama qilish katta xato. Chunki buning foydasi yo'q. Hattoki guruhda reklama qilish pullik bo'lsa ham. Guruh o'zaro suhbatlar va turli xil muhokamalar uchun ochilgan.

Iloji boricha kanalingizni boshqa (yirik) kanallarda va botlarda, ba'zida agar u guruh faol va foydali guruh bo'lsa reklama qilishingizni maslahat beramiz. Ammo ko'p hollarda, yuqorida aytganimizdek guruhlardagi reklamalarning effekti ancha kam.

Guruhlarda asosan mahsulotlar, xizmatlar va ish qidirish kabilarni reklama qilgan qulayroq deb o'ylayman.

@abdusattor