Get Mystery Box with random crypto!

Google rahbari Sundar Pichai 60 soniyalik nutqida shunday deyd | Abdusattor

Google rahbari Sundar Pichai 60 soniyalik nutqida shunday deydi:

Tasavvur qiling hayot siz ularni tushirib yubormaslikka harakat qilib havoda aylantirayotgan 5 koptokdan iborat o'yin. Ulardan bittasi charmdan qolgan to'rttasi esa shishadan yasalgan.

Bu besh koptokchalar:
Ish, oila, sog'lik, do'stlar, ruh.

Uncha ko'p vaqt o'tmay siz anglab yetasizki charmdan qilingan koptokcha bu ish. Qachondir tushib ketsa, u yana sopchib yuqoriga qaytib chiqadi. Biroq qolgan to'pchalar shishadan yasalganligi uchun, birortasi tushib ketsa qaytib asl holiga kelmaydi. Yorilishi, sinishi, xatto parcha-parcha bo'lib ketishi turgan gap. Siz bundan ogoh bo'lib, ularni o'ta ehtiyotkorlik bilan o'ynatishingiz kerak bo'ladi.
Ishlaringizni ish paytida to'g'ri taqsimlang, qalbingizni pok saqlashga jiddu-jahd qiling, oilangiz va do'stlaringiz uchun zarur vaqtni ajrating, o'z vaqtida hordiq oling va sog'ligingizni asrang. Ularni yo'qotsangiz, avvalgi holiga qaytishi dushvor.

@abdusattor