Get Mystery Box with random crypto!

Tanimagan narsamiz bizni qo’rqitadi Hamma ishni eng qiyin qi | Abdurazzoq Khanov

Tanimagan narsamiz bizni qo’rqitadi

Hamma ishni eng qiyin qismi bilasizmi qaysi?

— Boshlash !

Istalgan narsa sizga qiyin tuyiladi. Boshlab ko’rmaguningizcha.

Chunki boshlashdan oldin biz har xil yuqori kutuvlarni qo’yib tashlab, o’zimizni panikaga tushiramiz.

Unda nima qilish kerak?

Tanishish kerak. Begona insondan hamma qo’rqadi, ismini bilmaguncha. Kitob o’qish qiyin deb o’ylashadi, boshlab ko’rmaguncha. Yangi hunarni qiyin deyishadi, birinchi qadamni tashlamagunlaricha.

O’zimam avtomobil haydashni qiyin deb o’ylardim. 1-darsni o’zidayoq, qo’rquvlarim yo’qoldi. Chunki bu ko’nikma bilan begona odamni ismini bilib olgandek tanishdik. Endi do’stligimizni saqlasak bas.

Biror nima qiyindek tuyilsa, 15 sekund qilib ko’ring. Keyin 5 daqiqa, keyin 1 soat. Ulanib ketaveradi…

Boshlamasangiz 2025-yilga yana o’sha maqsadni yozib o’tiraverasiz.