Get Mystery Box with random crypto!

“Bilmayman” vs “Men eng zo’ri” Hech e’tibor berganmisiz, bili | Abdurazzoq Khanov

“Bilmayman” vs “Men eng zo’ri”

Hech e’tibor berganmisiz, bilimli insonlar odatda o’zlarini aqlli deb o’ylashmaydi.

Lekin, gapirayotgan mavzusi haqida deyarli hech narsa bilmaydigan odam esa hamma narsani biladigandek gapiradi.

Nega?

Chunki, inson biror sohada ilm olishni boshlaganidan so’ng, u sohadagi bilimlari qanchalik sayoz ekanligini tushunib yetadi. O’rgangan sari savollari ko’payib boradi. Bilgan sari ko’p bilmasligini bilib boradi.

Bilmaganlarda esa teskarisi. Ilmi chuqur bo’lmagani uchun har qanday mavzuda fikr berib keta oladi. Kovid nega paydo bo’lganidan tortib, kitob o’qish foyda bermasligigacha.

Fanda buni “The Dunning-Kruger effect” deyishadi. Bilganlar ko’p gapirmaydi, ko’p gapirganlar aslida bilmaydi.

Xulosa esa bunday: hamma mavzuda fikri bor insonlar aqlli emas, balki ko’p mavzularda kamtarlik qilib “Bilmayman” degan javobni bera oladiganlar aslida bilimli.

Atrofingizdagilarga e’tibor bering. O’zingizdan boshlang. Sizga berilgan savolga “Bilmayman” deb oxirgi marta qachon javob berdingiz?

Yoki har doim bilasizmi? Unda hech narsani bilmaysiz.