Get Mystery Box with random crypto!

Motivatsiya — Harakatdan keyin Ko’pchilikni fikricha biz biro | Abdurazzoq Khanov

Motivatsiya — Harakatdan keyin

Ko’pchilikni fikricha biz biror bir harakatni amalga oshirishimiz uchun motivatsiya kerak. Motivatsiyadan so’ng esa qattiq mehnat, kuchli ishlar qilib tashlashimiz mumkin.

Shunga motivatsion videolar ko’p ko’riladi, odamlar kerak bo’lsa qayta-qayta eshitishadi. Mendan ham “motivatsiya bering” deb so’raydiganlar talaygina topiladi.

Lekin do’stim, haqiqat sal boshqacharoq. Motivatsiya bizni harakatimizdan oldin emas, so’ng keladi. Ya’ni siz birinchi harakat qilasiz va kichik natijani ko’rganingizdan so’ng, yanada ko’proq qilishga harakat qilasiz.

So’z yodlashingiz kerak. Birinchi 5 tasini yodlang, qolgani osonlashadi.

Har kuni zalga chiqish kerak. Birinchi 3 ta kunga boring, qolgani yaxshi bo’lib ketadi.

Yoqsa yoqmasa boshlab olaverish kerak. Motivatsiya o’zi sizni qidirib keladi.