Get Mystery Box with random crypto!

Aynan sizga kerak narsa — Stoicisim Stoicism bu qadimgi yuno | Abdurazzoq Khanov

Aynan sizga kerak narsa — Stoicisim

Stoicism bu qadimgi yunon filosofiyasi hisoblanib, bizgacha Aristotel va Seneka davrlaridan yetib kelgan, lekin haligacha aktualligini yo’qotmagan.

Stoicismni asosiy g’oyalaridan biri shuki, sizni hayotingizda barcha holatlar, muammolar va voqealar 2 ta turga bo’linadi:

1. Siz nazorat qila oladigan
2. Sizni nazoratingizdan tashqarida

Asosiy maqsad shuki, siz ikkinchi kategoriyadagi muammo va kamchiliklarni o’ylaganingizdan foyda yo’q, shunchaki negative fikrlar sizni yeb bitiradi va siz ko’proq birinchi turdagi muammolarga diqqatingizni qaratishingiz kerak.

Oddiy misol qilib IELTSni oling. Siz nimani nazorat qila olasiz?

— Examiner qanday ball qo’yishinimi yoki imtihonga yaxshi tayyorlanishnimi?

— Siz ertaga qaysi savol tushishini nazorat qila olasizmi yoki har qanday mavzuga tayyor bo’lishnimi?

Ta’sir o’tkaza olmaydigan narsalarimizni o’ylashdan bizga foyda yo’q, yaxshisi ko’proq siz qila oladigan ishlarga fokus qiling va qolganiga tavakkal.

Hayotingizdagi boshqa aspektlarda ham bu filosofiyani ishlatsangiz bo’ladi.