Get Mystery Box with random crypto!

Resurslar. 1. Resurs deganda ko'z oldimizga moddiy ko'rinishg | Abduqodir Yusupov ᵇˡᵒᵍ

Resurslar.

1. Resurs deganda ko'z oldimizga moddiy ko'rinishga ega buyumlar keladi. Oddiy qilib aytganda resurs biror nimani barpo etish uchun kerak bo'lgan narsalar.

2. Resurslardan to'g'ri foydalanib, nimadir tayyorlanadi va yakuniy mahsulot hosil bo'ladi.

3. Masalan siz osh pishirmoqchisiz. Sizga qozon, pichoq, sabzi, yog', guruch, g'o'sht va h.k narsalar kerak bo'ladi. Bularni barchasidan to'g'ri ketma ketlikda va to'g'ri miqdorda foydalanib, siz ovqat pishirasiz.

4. Biznesda ham resurslar shunday taqsimlanadi faqat bunda mehnat resursi ham bor.

5. Mehnat resursi bu ishchi kuchi, boshqacha qilib aytganda biz har doim o'qib o'rganib, tajriba va qiyinchilik bilan ega bo'ladigan soha.

6. Kompaniya ham yuqoridagi misolimizga o'xshaydi. Qozon, pichoq, olov va h.k lar bu kompaniya binosi, ish jihozlari, ovqat uchun kerak bo'ladigan masalliqlar esa bu biz.

7. Biz bir katta mashinaning bir kichik qismimiz. E'tibor bersangiz ishxonalarda xodimlar boshqa bir xodimning ishini to'liq tushunmaydi. Hamma o'z vazifasini bajaradi.

Ho'sh, mashinani kim boshqaradi? Yoki oshpaz kim?

1. Albatta bu biznesmen. Barcha soha vakillari kuchidan foydalanib, ularni to'g'ri boshqarish orqali mahsulotga ega bo'ladi va mijozlarga sotadi.

2. Biz faqat o'z kuchimizni sotish uchun yillab tayyorlanamiz, o'qiymiz, tajriba orttiramiz, biz eng shirin sabzi yoki eng mazali pomidor bo'lib, qaysidir oshpaz uchun harakat qilamiz holos.

3. Resurslardan to'g'ri foydalanish, to'g'ri qaror qabul qilish bu hech qayerda o'rgatilmaydi, universitetda ham ma'lum bir sohaga yo'naltriladi. Shu sabab ham bu qimmatli bilim hisoblanadi.

4. Umuman olganda ayni bir sohani ustasi bo'lishni yomon tarafi yo'q, aslida hammasi shundan boshlanadi. Ammo maqsading biznes qilish bo'lsa, bir soha bilan to'xtab qolma!

Abduqodir Yusupov blog:
@abduqodir_yusupov