Get Mystery Box with random crypto!

Kecha bomdodga yaqin, G'alati tush ko'ribman. Tushunmadim o' | Kelajak Sari (Nurmuhammad_Ziyo)

Kecha bomdodga yaqin,
G'alati tush ko'ribman.
Tushunmadim o'zim ham,
Tushimda men o'libman!

Oldimda faqat bir yo'l,
Uzoq yurdim yo'limdan.
Keyin ikki farishta,
Tortib ketdi qo'limdan!

Ming bir mashaqqat bilan,
Manzilga yetib keldim.
Ne ko'z bilan ko'rayki,
Jannat oldida edim!

Eshik ortida Jannat,
Biroq eshik qulf edi.
Kelib jannat soqchisi,
“Kaliting bormi?” dedi!

“Qanday kalit?” so'radim,
“Namozing bormi?” dedi.
Bunday o'ylab qaradim,
Kalit menda yo'q edi!

Dahshat ichida qoldim,
Axir benamoz bordim.
Benamoz o'tdi umrim,
Jannatdan quruq qoldim!

So'ng AZON ovozidan,
Birdan cho'chib uyg'ondim.
O'zimga kelolmasdan,
Anchagacha to'lg'ondim!

So'ng tushimning ta'birin,
CHuqur tushunib yetdim.
Tezda turib o'rnimdan,
“KALIT”ni izlab ketdim...

http://T.me/OCHILDI_DOMLA

https://t.me/joinchat/AAAAAEyWU85iCz4I_2dh2A