Get Mystery Box with random crypto!

Marhum Farxod Mannopov xotirasiga bag’ishlanadi Qancha umrimi | Abdumalikov.uz

Marhum Farxod Mannopov xotirasiga bag’ishlanadi

Qancha umrimiz bor, kim qayga yetar?!
Kimlar uchun o’tar so’nggi onlari.
Kuldirib, kuldirib, yig’latib ketar
O’zbekning yoshgina Farxodjonlari.

Ko’z yoshim to’xtamas, to’kilar sharros,
Badanim muzlaydi, bezovta yurak.
Insonning qadrini bilmoq uchun oz,
Yana qancha-qancha qurbonlar kerak?!

Endi izla, qidir, yugur, yelib, tol,
Ammo topolmaysan, o’tdi u vaqtlar.
Allohim bandangni rahmatingga ol,
Yana kelarmikan Farxoddek mardlar?!

Onani qadrlar, asrardi har kun
Yomon ko’z, yomon so’z, yolg’on, tuhmatdan.
Menimcha oldinroq borib U uchun,
Joy tayyorlab tursa kerak jannatdan.

Kimga o’rnak bo’ldi, kim uchun saboq,
So’qir ko’zlar uchun tikdi jonini.
Hali butun dunyo uzundan uzoq,
Sog’inib yashaydi Farxodjonini.

Azizbek Ochilboyev

@Ochilboyev_Azizbek_official