Get Mystery Box with random crypto!

​​Marketing bo’limi menejeri - Abdulloh Sayfuddinov (8-qism) | Abdulloh Sayfuddinov | Rasmiy blog

​​Marketing bo’limi menejeri - Abdulloh Sayfuddinov (8-qism)

Hammani ko’z o’ngida marketing bo’limi menejeri lavozimiga tasdiqlandim! Bildirilgan ishonchni oqlashga ishonardim, chunki odamni o’ziga bo’lgan ishonchi birinchi o’rinda bo’lishi kerak deb o’ylayman, sababi biror bir lavozimni egallash topshirig’i berilsayu lekin bunda qo’rquv va ishonchsizlik bo’lsa, o’sish rivojlanish bo’lishi qiyin, shuning uchun shogirtlarimgayam doim uqtirib kelaman , ishga kirmoqchi bo’sen ikkilanma!!! Qo’rqma!!! O’zinga ishon!!! Biliminga ishon!!! Agar qo’rquvni birinchi o’ringa qo’yib qo’ysak u bizni boshqaradi, biz uni emas! Birinchi o’rinda odamda o’ziga bo’lgan ishonchi kuchli bo’lishi kerak, Marketing bo’limi menejerilik lavoziminiyam mahkam ishonch bilan qabul qildim, ishga kirishdim, oradan ko’p o’tmay Sergeli filialiga Marketing bo’limini ko’chirish taklifi berildi, nega ? Nega aynan Sergeli filiali, masofa nuqtai nazaridan ancha uzoq, lekin asosiy maqsadimiz boshqa edi, Sergeli filialidagi faoliyat anchagina qiziqarli va bundanam ko’p emotsialar, sarguzashtlar, team buildinglar, o’sishlar, yangidan yangi idealar va eng asosiy maqsadni amalga oshirish yo’lida qilingan harakatlar. Ha albatta gap Sergeli filialida Target o’quv markazining birinchi Maktabi yani Target International School’ni ochish bo’yicha ketmoqda, bu bo’yicha qilingan marketing strategiyalar, qiyinchiliklar haqida gaplashamiz endi…

Davomi bor…

@abdullohsayfuddinov