Get Mystery Box with random crypto!

​​Konkurentlardan bir qadam oldinda(7-qism) Demak, davom etam | Abdulloh Sayfuddinov | Rasmiy blog

​​Konkurentlardan bir qadam oldinda(7-qism)

Demak, davom etamiz yoshi katta tadbirkorlar SMM sohasini bilish orqali o’z biznesining ‘reklama’ yo’nalishidagi qilinadigan harakatlar, reklama uchun tikiladigan pullarni natijalarini analiz qilish, bir reklamadan nechta mijoz keldi, nechta murojaat bo’ldi, barchasini bilib tura oladi. Aks holda yosh navqiron “chala smmshik”lar qo’lida o’yinchoq bo’lib qoladi.
Xullas sanasak xatoyu kamchiliklari kelib chiqaveradi. Biz esa davom etamiz. Sebzor filialida o’quvchi o’qitishni boshlaganimdan keyin o’zimdayam dars berish uchun qiziqish osha boshladi, sababi biror narsa o’rgatishim uchun, kurslarimda yangiliklar qo’shishim uchun o’zimam izlanardim, o’qirdim. Shu tarzda shogirtlarim soni ham orta boshladi. Eng qizig’i bazi bir o’quv markazlari kursimga qiziqa boshladi va o’z odamlarini yuborishdi, man ko’p yillik odamlar bilan qilgan muloqotim tufayli chala bo’sayam “psixolog” bo’p ketgandim, aslida u odam qiziqib kelganini , ma’lumot olish orqali o’rganib o’zini o’quv markazida qo’llashini sezganidim, hafa bo’lish yo’q, bor yo’gi bitta gap, “bizani kuzatishda davom eting, hali yangiliklarimiz juda ko’p” shiori ostida o’z ustimda ishlay boshladim. Bu borada Target Media jamoasi ham kengaya boshladi. Jamoaga yangi kuchli hodimlar qo’shildi, bir kuni Sebzor filialida Receptionga hammani chaqirib qolishdi, qandaydur yangilikni e’lon qilisharkan , hammamiz qiziqib chiqdik, shunda Bekzodaka Jalilov tomonidan….

Davomi bor…

@abdullohsayfuddinov