Get Mystery Box with random crypto!

Sanga insonlar qanday muomala qilishlarini xoxlasang, san ham | Abdullohodil_blogi

Sanga insonlar qanday muomala qilishlarini xoxlasang, san ham insonlarga shunday muomalada bo'l!

Ofitsant sanga kulib chiroyli xizmat qilishini xoxlaysanmi san ham unga kulib gapir.

Aftobus, metroda kimdur joy berishini xoxlaysanmi san ham oldin joy berishni o'rgan.

Ayoling (Ering) sanga chiroyli gapirishini xoxlaysanmi san ham chiroyli gapir oldin.

Mashinangda ketayotganingda sanga kimdur yo'l berishini xoxlaysanmi oldin boshqalarga yo'l berishni o'rgan.

Farzanding sanga chiroyli xizmat qilishini xoxlaysanmi oldin ota-onagni xizmatini qil.

Hammamiz oldin o'zimizdan boshlasak edi. Xuddi masjidda safga turayotganimizda o'zimizdan boshlaganimizdak. Oilamiz tinch, jamiyatimiz tartibli, Vatanimiz rivojlangan bo'lar edi deb o'ylab qolaman...

@Abdullohodil_blogi