Get Mystery Box with random crypto!

Oxirgi paytlar hamma qisqa videolarga mukkasidan ketgan bo'lsa | Abdullohodil_blogi

Oxirgi paytlar hamma qisqa videolarga mukkasidan ketgan bo'lsa, man negadur uzun filmlar tomosha qilishni boshladim. Ko'rganda ham ayrim qo'shtirnoq ichidagi "qaynona-kelin, 3 xotin, o'gay farzand" va yana boshqa saviyasiz filmlar emas.

Uil Smit o'ynagan "Qirol Richard" filmini ko'rdim. Film boshidan oxirigacha odamni ekranga mixlab qo'yadi. Dunyoga mashxur opa-singil tennischilar Vinus va Serena Uilyamslarning qanday qilib birinchi raqamli raketkachi bo'lishlari haqida.

Ularning otasi Richard qizlarini qanday qilib tarbiya qilgani ularni shu darajaga olib kelguncha qanday qiyinchiliklarni boshidan o'tqizgani haqida. Uil Smitning aktyorlik qobiliyatiga yana bir bor tan berasiz. Xullas ko'rish kerak.

@Abdullohodil_blogi