Get Mystery Box with random crypto!

Shu kunlarda Futbol bo'yicha Qatarda bo'lib o'tgan Jahon chemp | Abdullohodil_blogi

Shu kunlarda Futbol bo'yicha Qatarda bo'lib o'tgan Jahon chempionati yakunlandi. Hammaning e'tibori ikki mega yulduz Ronaldu va Messiga qaratilgani aniq. Bu ikki shaxs esimni tanibmanki, raqobatda bir biridan o'tishga harakatda. Bir yili bunisi eng zo'ri bo'lsa, boshqa yili unisi. Ha bu ikki shaxs biri birini hurmat qilsada, lekin raqobat tufayli aniqki ichida bunisi unisidan o'tishga, qolib ketmaslikka harakat qilishadi. Ha raqobat yaxshi narsa ekanligini o'zim uchun yana bir bor kashf qildim.

Chunki maktab paytlarim ham sinfimizda man bilan raqobat qiladigan bir bola bo'lar edi. U mandan qolib ketmaslikka harakat qilar. Man esa u bir sovrin yutib olsa, o'zimni kechira olmasdim.

Lekin biz bir birimizni hurmat qilar edik) Man sportga borsam u ham borar edi. U til o'rganishga borsa man ham til o'rganishga borar edim. Maqsad bitta, man undan zo'rroq ekanligimni hammaga isbotlash, u esa aksincha. Shunday qilib raqobatda man uni yengib chiqdim. Chunki u bola yuqori sinflarga o'tgandan keyin o'qishda ham sportda ham sustlashib qoldi. Buni qarangki man ham endi nomiga raqobat qilishga o'tdim. Musobaqalarda ham birinchi o'rinni hech kimga bermasdan kelardim. Keyinchalik esa sportni ham tashlab yubordim.

Raqobat bu- sizni tarbiyalaydigan eng zo'r jarayon. Lekin kimgadur isbotlash uchun emas! Kimgadur nimanidur isbotlash uchun raqobatga kirishsangiz ko'p xollarda uzoqqa bora olmaysiz!

@Abdullohodil_blogi