Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentda iqtisodchi Jeyms Robinson bilan uchrashuv boʻlib oʻ | Abdulloh's diary

Toshkentda iqtisodchi Jeyms Robinson bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi

17-mart kuni Toshkentdagi Intercontinental Hotel Tashkent mehmonxonasida britaniyalik olim, Chikago universiteti professori Jeyms Robinson bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi.

Tadbirda uning hammuallifligidagi "Mamlakatlar tanazzuli sabablari" (Why Nations Fail) kitobining taqdimoti ham boʻlib oʻtadi.

Uchrashuv doirasidagi muhokamada Viskonsin universiteti doktoranti, "Iqtisodchi kundaligi" blogi muallifi Behzod Hoshimov va Garvard universiteti doktoranti, "Uzbekonomics" blogi muallifi Botir Qobilovlar ham ishtirok etadi.

Chiqishlar ishtirokchilar uchun oʻzbek va rus tillariga sinxron tarjima qilib boriladi.

Ushbu uchrashuvda ishtirok etish uchun chiptalarni iticket.uz saytidan xarid qilish mumkin.

Hoziroq roʻyxatdan oʻting!

P.S. Chiptalar narxi 200 000 soʻmdan
1 200 000 soʻmgacha.