Get Mystery Box with random crypto!

Sarhisob/2022-yil nimaga erishdim? Bu yil unchalik ham esda q | Abdulloh's diary

Sarhisob/2022-yil nimaga erishdim?

Bu yil unchalik ham esda qolarli yil boʻldi deb aytolmayman. Lekin, bilmay kirib qolgan yoʻnalishim, SMM’dan voz kechgandim.

Keyin boʻlsa, bir yaxshi ustoz topganimdan soʻng, yana bu sohaga qaytishimga sabab boʻldi. Faqat bu safar, nima ish qilayotganimni tushinib, oʻz ishimning ustasi boʻlish uchun harakat qilishni boshladim.

Yil boshida bir necha loyihalarda SMM menejer boʻlib ishlab koʻrdim. Lekin, yaxshi natija koʻrsatolmaganimiz uchun ishni toʻxtatishga toʻgʻri keldi. Bir ishdan esa oʻz xohishim bilan ketdim. Chunki u yer “qadryatli” odamniki edi.

Lekin, shu yil mobaynida shuni tushunib yetdimki, tajriba puldan muhim turishini, oʻsish mumkin boʻlgan joyda tekinga boʻlsa ham ishlashga tayyor boʻlish kerak ekan.

Yaqinda boʻlsa, bir loyihani yuritishni boshladim, 50 kuncha boʻldi. Bu ishda, ayni kunda ishlarim yaxshi ketyapti. Bir oylik KPI’ni 15 kunda bajarib boʻldim. 20 kunda 1.5 baravar koʻproq natija koʻrsatdim.

Insha Alloh, bu hali boshlanishi. Keyingi yilga maqsadim, ishlayotgan sohamda katta tajriba va bilimlarga ega boʻlib, TOP kadrlardan boʻlish.

*Bu yil erishgan asosiy yutugʻim, oʻz kasbimni topganim boʻldi. Bekorchidan Xudo bezor deb bejizga aytishmas ekan. Hozir ishlayotgan ishimda qalbim taskin topishining oʻzi bir baxt ekan!