Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Nima uchun chaqaloqning qulogʻiga azon aytiladi? | Abdulloh Ansoriy ✔

#Bilasizmi

Nima uchun chaqaloqning qulogʻiga azon aytiladi?

SubhanAlloh! Buning ajoyib sababi bor ekan. Paygʻambarimiz alayhissalom farzand tugʻilganda bolaning oʻng qulogʻiga azon, chap qulogʻiga takbir aytishni buyurganlar. “Xoʻsh, bu azon bilan takbirdan keyingi namoz qani?” degan savol tugʻiladi. Bu haqda biroz fikrlab koʻring. Javob shuki, bu namoz – janoza namozidir. Nima uchun janoza namozida azon ham, takbir ham aytilmaydi? Chunki bu namozning azon bilan takbiri inson tugʻilganidayoq aytib qoʻyilgan boʻladi. Bir inson vafot qilganda oʻqiladigan janoza namozining yana bir ibrati shu ekanki, insonning hayoti takbir bilan namoz orasicha qisqa fursat ekan.

Chaqaloqning qulogʻiga azon va takbir aytilishining yana bir muhim hikmati shuki, uning birinchi eshitgan ovozi Allohning ibodatiga chaqiriq boʻlishidir.


•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

ALBATTA YAQINLARINGIZGA XAM TARQATING!!!

Linkni Bosib Kanalga Obuna Bo'lishni Unutmang

https://t.me/Abdulloh_Ansoriy