Get Mystery Box with random crypto!

​​Botlar orqali pul ishlasa boʻladimi ? Assalomu alaykum, azi | Оренбург Химки ТРАНСЛЯЦИЯ

​​Botlar orqali pul ishlasa boʻladimi ?

Assalomu alaykum, aziz doʻstlar. Shu kunlarda koʻpchilik menga botlar orqali pul ishlasa boʻladimi, yoki botlarga ishonsa boʻladimi degan savol bilan murojaat qilishyapti. Men bu savollarga shaxsiy fikrimni umumiy bildirmoqchiman.

Avvalo, referal ssilkani tarqatish orqali tezda boyib ketishingizni oʻzicha chiroyli raqamlarda koʻrsatib qoʻygan bu botlarning hammasi ham sizga pul toʻlamaydi !
Aksariyati yigʻgan pulingizni yechib olish uchun u bergan hisob raqamga pul tashlashni aytadi . Pulni tashlaganingizdan soʻng esa endi sizga pul oʻtishini kuting deydi, lekin, aslida, pul umuman tushmaydi.(sinalgan)
Yigʻgan pulingizni toʻlaydigan botlar ham yoʻq emas. Ammo, ularga sarflagan qimmatli vaqtingiz oʻrniga Telegramda botlar keltiradigan daromaddan 10...100 barobar koʻproq daromad qilsa boʻladigan sohalar bisyor. Qolaversa, ular unchalik koʻp vaqt va mehnat talab qilmaydi.(sinalgan)

Xulosa chiqarish sizdan. Shaxsan men botlar orqali pul ishlashni maslahat bermayman . Yaxshisi, sinalgan va yaxshigina daromad keltiruvchi yoʻllarni tanlasangiz ham vaqtdan, ham naqtdan yutasiz. Yangiliklarni kuting !

@Abdullobloguz