Get Mystery Box with random crypto!

Angliyada bexosdan noto‘g‘ri dasturlangan kompyuter chorak yak | 𝚂𝚑𝚞𝚗𝚌𝚑𝚊𝚔𝚒...

Angliyada bexosdan noto‘g‘ri dasturlangan kompyuter chorak yakunidagi sinovlar so‘nggida, «a’lochi» bolalar guruhiga «ikkichi» degan, «ikkichi» bolalar guruhiga esa «a’lochi» degan yorliq yopishtiradi. Yangi o‘quv yili avvalida o‘qituvchilarning talabalar haqidagi paradigmasi kompyuterning shu hisobotiga asoslanib yaraladi. Besh yarim oy o‘tganidan so‘ng xatolikni anglagan ma’muriyat talabalarni qayta sinovdan o‘tkizishga qaror qiladi.(nima bo‘lgani haqida hech kimga aytmasdan). Natijalar barchani hayratga soldi. «A’lochi»larning aqliy rivojlanish koeffisiyenti pastlab ketgandi. Chunki o‘qituvchilar besh yarim oy mobaynida ularga xuddi aqldan qolgan, ijodiy yondasha olmaydigan va yaxshi o‘qiy olmaydiganlardek munosabatda bo‘lgan edi. Ularning paradigmasi o‘zini-o‘zi bajo keltiruvchi bashoratga aylangan edi. «Ikkichi»larning ishi esa yurishib ketdi. O‘qituvchilar ularga xuddi «a’lochi»dek yaxshi munosabatda bo‘lgan va bu ularga katta kuch-quvvat bergan, umid bag‘ishlagan, ruhlantirgan edi. Ularning samaradorligi o‘sgandi.

«Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi» asaridan


Esᴋɪ Gᴀᴘʟᴀʀ