Get Mystery Box with random crypto!

#Musiqiy_tanlov #Yoz_besh_tashabbus_bilan_soz Abdulla Ori | Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

#Musiqiy_tanlov
#Yoz_besh_tashabbus_bilan_soz

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining “Musiqa” to‘garagi rahbari Zavqiddin Boboxo‘jayev tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab “Yosh – besh tashabbus bilan soz” shiori ostida “Vatanimni kuylayman!” mavzusida musiqiy ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi.
Tanlov shartiga ko‘ra, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalikni, Vatanga muhabbatni madh etuvchi qo‘shiqlar video shaklida qabul qilinadi.
Tanlovda maktabning barcha sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovga asarlar joriy yilning 20-iyulidan 20-avgustigacha qabul qilinadi.
G‘oliblar (1-,2-,3-o‘rinlar) maxsus diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Natijalar mustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinadi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram