Get Mystery Box with random crypto!

#Zukko_kitobxon #Besh_tashabbus_mening_sevimli_mashğulotim | Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

#Zukko_kitobxon
#Besh_tashabbus_mening_sevimli_mashğulotim

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining kutubxona xodimi Habiba Qayumova tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab “Besh tashabbus - mening sevimli mashg‘ulotim” shiori ostida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlov shartiga ko‘ra, ishtirokchilar quyidagi asarlarni mutolaa qilishlari va shu asarlar yuzasidan beriladigan savollarga javob berishlari zarur:
7-9-sinflar uchun.
1. "Go‘ro‘g‘lining o‘limi" (doston).
2. "Oygul bilan Baxtiyor" (Hamid Olimjon).
3. "Alvido bolalik" (Tohir Malik).
4. "Birinchi muallim" (Chingiz Aytmatov).
5. "O‘n beshli yoshli kapitan" (Jyul Vern).
6. "Men, buvim, Iliko va Illarion" (Nodar Dumbadze).
10-11-sinflar uchun.
1. "Rustamxon" (doston).
2. "Yillar armoni" (Abdulla Oripov).
3. "Turkiy Guliston yohud axloq" (Abdulla Avloniy).
4. "Alisher Navoiy" (Isajon Sulton).
5. "Amfibiya odam" (Aleksandr Belyayev).
Tanlov joriy yilning 1-avgustidan 28-avgustigacha o‘tkazilada.
G‘oliblar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Natijalar Мustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinadi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram