Get Mystery Box with random crypto!

Bugungi testdan avval shu duolarni o'qing va yodlab oling! | Abdullajon Muhammadov

Bugungi testdan avval shu duolarni o'qing va yodlab oling!

“Robbi zidni ‘ilman va fahman val-hiqni bis-solihin”.
(Robbim! Ilmimni va zehnimni orttir va meni solih bandalaring qatoriga qo‘sh)


“Robbi yassir va la tu’assir. Robbi tammim bil-xoyri”.
Robbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Robbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin.


“Robbishroh li sodri va yassir li amri vahlul ’uqdatan min lisani yafqohu qovliy”.
Robbim! (Bu qiyin vazifaga) bag‘rimni keng qilgin va ishimni oson qilgin hamda tilimdan tugunni (duduqlikni) yechib yuborgin, (toki) ular (qavmim) gapimni (yaxshi) anglasinlar.


“Robbi zidni ilman va fahman”.
Robbim! Ilmimni va zehnimni orttir.

Ha aytgancha, avgust oyida imtihonga kirishdan oldin uch, besh yoki yetti marta “Oyatal kursi” o‘qiladi.

O'ylaymizki, siz uchun foydali bo'ladi. Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang!

Edu - ta'lim yangiliklari
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy