Get Mystery Box with random crypto!

Ishni oson qiluvchi kerakli botlar Insonlar o'rnini robotlar | abdullaeva | blog

Ishni oson qiluvchi kerakli botlar

Insonlar o'rnini robotlar egallashi ko'pchilikni tashvishga solyapti, lekin botlar bizni ishimizni ancha osonlashtirishga mo'ljallangan. Quyida faqat SMM menejer uchun emas balki hamma uchun kerakli botlarni ro'yxatini qoldiraman.

@botfather - bot yaratish uchun rasmiy bot;

@livegrambot - foydalanuvchilar bilan aloq o'rnatish uchun.

@controllerbot - admin bot tayyorlash uchun bot.

@text4instabot - instagramda abzaslar, qalin yozuvlar hosil qilish uchun matn tahriirlash boti;

@stickers - stiker yasash uchun eng yaxshi bot;

@topdf_bot - doc (docx), odt, txt, jpg formatdagi fayllarni pdf formatga o'tkazish uchun;

@TGStat_Bot - istalgan kanallarni statistik ma'lumotlarini (qancha obunachisi bor, qanchasi real) olish uchun;

@GmailBot - gmail pochtangizni ulab qo'ysangiz shu yerdan chiqmagan holda ulardan habardor bo'lib turasiz. Shaxsan o'zim oldin hamma habarlarni ham o'qiy olmas edim. Chunki gmail orqali ko'p joylarga obuna bo'lganman va u yerlardan chegirmalar kelib turishi ham mumkin ;

@CreateMeme_bot - memlar yaratish uchun;

@TextMagicBot - turli shriftlarda yozish uchun;

@SpamBot - spam holatlarida yordam olish uchun;

@bexatobot - matnni kirill-lotin (lotin-kirill)ga o'tkazish uchun ishlatiladi.

@abdullaevablog