Get Mystery Box with random crypto!

Abu Bakr (r. a) vafot etib, xalifalik Umar (r. a) ga topshiril | abdullaeva | blog

Abu Bakr (r. a) vafot etib, xalifalik Umar (r. a) ga topshirildi. Umar (r. a) davlat ishlari bilan mashgʼul boʼladilar. Hujjatlarni birma-bir koʼzdan kechirib chiqqan Umar (r. a) sandiqlarning biridan bir idish topadilar. Dirham toʼla bu idishning ichida bir qogʼoz ham boʼladi:

«Men Rasulullohning xalifasi Abu Bakr, xilofotim davomida davlat xazinasidan (baytulmol) menga ajratilgan maoshni olishimga hayo qildim, bir dirhamini ham ishlatmadim. Chunki, mening maqomim risolatni haq-ajr evaziga emas, faqat va faqat Alloh roziligi uchun yetkazgan Rasulning maqomidir. Kunimni esa oʼz gʼayratim bilan oʼtkazdim. Mendan keyin boʼladigan xalifaning maoshi shu idishning ichidagi dirhamdan toʼlansin. Davlat xazinasiga kiritilsin!»

Hayoti Abu Bakr (r.a) bilan musobaqalashish bilan oʼtkan Umar (r. a) qogʼozni oʼqib oʼtirib qoldilar. Yigʼlab shunday deydilar:
— Naqadar buyuksan, ey Abu Bakr! Hayotligingda sendan oʼzib ketishimga fursat bermading. Vafot qilib ham imkon bermayapsan....

@abdullaevablog