Get Mystery Box with random crypto!

#darstime AIDA formulasi o'zi nima? AIDA - sotuvchi matnl | abdullaeva | blog

#darstime



AIDA formulasi o'zi nima?


AIDA - sotuvchi matnlar uchun eng mashhur klassik formula hisoblanadi. Quyida ushbu formula haqida qisqacha ma'lumot berib o'tilgan:



A - attention - e'tibor

Matnga e'tiborni jalb qiling. Ajablanadigan sarlavha yozing. O'quvchi matnni davomini o'qishni xohlashi kerak.


I - interest - qiziqish

O'quvchiga uni qiziqtirayotgan narsa haqida aytib bering. Bu mijozning og'rig'ini eslatishi yoki muammosini hal qilishga va'da berish bo'lish mumkin.


D - desire istak

Endi siz istakni uyg'otishingiz kerak. Mahsulot yoki xizmatning barcha afzalliklarini tavsiflab bering. Taklifingiz foydali ekanligini isbotlang.


A - action harakat

Endi o'quvchiga mahsulot yoki xizmatni olishi uchun nima qilishi kerakligini ayting. Va uni harakatga chaqiring.


Siz AIDA formulasidan foydalanasizmi?

@abdullaevablog