Get Mystery Box with random crypto!

#nasihat RIZO Ibrohim ibn Adham rohimahulloh g‘amga tushib | abdulbositqoriuz

#nasihat

RIZO
Ibrohim ibn Adham rohimahulloh g‘amga tushib qolgan bir insonni ko‘rib qolib dedi:
- Men sendan uchta narsani so‘rayman. Shularga javob ber!
- So‘rang!
- Bu borliqda Alloh istamagan biror ish sodir bo‘lishi mumkinmi?
- Yo‘q!
- Alloh senga bitgan rizqni birov tortib olishi mumkinmi?
- Yo‘q!
- Alloh senga yozgan muhlatingdan biror lahza kamayishi mumkinmi?
- Yo‘q!
- Unda nega mahzun bo‘lasan?

Sizga ham savol:
Nega mahzunsiz? Aqidangizni to‘g‘rilang, qalbingiz xotirjam bo‘ladi. Siz uchun yaralgan narsa albatta sizniki bo‘ladi. Qo‘lingizdan chiqqan narsa aslida sizniki bo‘lmagan.
Bu dunyo farz qilingan qadarlardan iboratdir. Bunda faqat qanoatlilar saodatlidir!

Abdulqodir Samarqandiy

Yaqinlaringizga ham ulashing!
@abdulbositqoriuz