Get Mystery Box with random crypto!

Ba'zan mol-dunyo bermasligi ham ne'mat bo'lar ekan! Bir yigit | Abdulbosit Mirvali o'g'li

Ba'zan mol-dunyo bermasligi ham ne'mat bo'lar ekan!

Bir yigit bo'lar edi, ibodatli, hushmuomala. Ancha ko'rinmay qolgandi. Yaqinda ko'rishib qoldim, ancha o'zgaribdi. Yaxshi avtoulov mingan, kiyinishlari ham o'zgacha, avvalgi muomaladan ham asar qolmagan. Masjidda ko'rinmaysiz desam ishdan ortolmayapmiz dedi.

Bu yigitga qarab o'zimcha o'ylayapman, ba'zan Alloh mol-dunyo bermasligi ham ne'mat ekan. Axir o'zidan uzoqlashtiradigan mol-dunyo qayerdan yaxshilik bo'lsin!?

Allohim bizga seni roziligingni topishimizga sabab bo'ladigan boylik ber!

@abdulbasitvakhidov