Get Mystery Box with random crypto!

INSON = UNUTUVCHi Bundan 2 oy avval betob bo'lgan edim. Grip | Abdulaziz Xasan | Blog

INSON = UNUTUVCHi

Bundan 2 oy avval betob bo'lgan edim. Gripp , harorat ko'tarilishi , bosh og'rig'i , va tumov belgilari menda mavjud edi. O'sha 2-3 kun qandaydir "KUCHLI va OG'IR" o'tgan edi. Tanamning har bir a'zosi shu qadar og'rir ediki , o'zimni xuddi bu og'riqlardan o'lib qoladigandek his qildim.

Tinmay Iymon kalimasini qaytarardim va Allohim dardimga shifo ber, yaxshi bo'lib qolsam namozlarimni o'z vaqtida qoim qilaman, sen qaytargan yo'llardan yurmayman , faqat solih amallar qilaman deya Yaratganga Nido qilardim.

Alhamdulillah o'shandan keyin ancha o'zimga keldim va avvalgiday sog' salomat hayotimni davom ettirdim.
Namozlar , solih amallar( qoldan kelganicha), Allohning buyruqlari...

Mana ikki kundurki yana 2 oy avval bo'lgani kabi og'riq va betoblik. Bemor bo'lib yotar ekanman, ikki oy muqaddam Allohga qilgan Nidoyim va qaysidir ma'noda Unga bergan va'dam yodimga tushdi. Vadalarni ayrimlari bajarilgan , qolgani esa tabiyki bajarilmagan


Al-G'offar bo'lgan zotga cheksiz hamdu sanolar bo'lsin. Uning fazli bilan shuncha gunoh va masiyat bilan ham nafas olyapmiz, ishlayapmiz , o'qiyapmiz , ilm olyapmiz , hayot degan yo'lda yurishda davom etyapmiz ,yer ustida yuribmiz , bir so'z bilan aytganda "TIRIKMIZ" "O'ziga hamd"

@AbdulazizXasan