Get Mystery Box with random crypto!

O'tmayman degan yo'llaringdan o'tasan. Yashamayman degan yerla | Abdulaziz Xasan | Blog

O'tmayman degan yo'llaringdan o'tasan.
Yashamayman degan yerlaringda yashaysan.
Sira sog'inmayman deganlaringni sog'inasan.
Kutmayman deganlaringni ko'zing to'rt bo'lib kutasan.
Ko'zing to'rt bo'lib kutganlaringni unutasan.
Voz kechmayman deganlaringdan bir lahzada sovuysan.
Aslo qilmayman degan ishlaringa qo'l urasan.
Sog' chiqmayman degan dardlaringdan keyin yangidan tug'ilasan.
Eslamayman degan insonni eslaysan.
Kechirmayman degan insoningni bir kun kelib kechirasan.
Hech qachon sevmayman deganingda biron bir insonni o‘zingdan ham ortiq sevasan.
Unutmayman degan insonlarni bir kun kelib unutasan.
Intiho deb o'ylaganlaring ibtido bo'lib chiqadi.

Chunki bu - HAYOT...

Internetdan olindi

P.S: Haqiqatni ayni o'zginasi. Bunday holatlarning ko'pini tajribadan o'tkazganman , o'tkazyapman va balkim yana o'tkazarman... Yuqoridagilarni kim davom ettira oladi !?

@AbdulazizXasan