Get Mystery Box with random crypto!

Musicha va uning oilasi... Hovlimizda ayvonga musichalar oila | Abdulaziz Xasan | Blog

Musicha va uning oilasi...

Hovlimizda ayvonga musichalar oilasi in qurishayotgan ekan. Ular ayvonda odam oʻtirgan yoki biror ish qilayotganda bezovta boʻlmasin dedim. Ularni bir necha bor haydab yuborishga urindim. Uchib ketadi yana qaytib keladi, uchib ketadi yana qaytib keladi. Shu holat bir necha bor takrorlandi. Keyin yaxshilab razm solsam, musicha xonim tuxum qoʻygan ekanlar. Shuning uchun ular ketishmabdi. Shuning uchun ular qayta qayta kelaverishibdi. Ularni boshqa bezovta qilmadim. Shu payt oʻzim uchun 2 ta xulosa oldim:

1. Oila har doim muqaddas - undan shunchaki kechib ketilmaydi. U uchun kurashiladi. Mashaqqat qilinadi. Qara xatto qushlar ham oilasi uchun kurashmoqda...

(*Ammo baʼzi holatlarda ajrim yaxshi yechim. Lekin ulamolar imkon qadar oilani saqlab qolishga targʻib qilishadi.)

2. Ularning orasida farzand bor va farzand uchun ota ham ona ham birdek jon kuydirmoqda. Onasi farzandini parvarish qilish bilan, otasi hali toʻliq bitmagan uyini bitirish bilan band. Ularning xavsizligiyu ozuqasini zimmasiga olgan. Bu musichalar juftligi yashash uchun kurashyapti.

Arzimagan sabab uchun oilasidan voz kechayotgan "erkak" bir narsani unutma. Sen manashu MUSICHANiNG ERKAGICHALIK ham emassan...
Nazarimda u sendan oila va uni saqlash bobida ming chandon yaxshiroq

Abdulaziz Xasan


AbdulazizXasan