Get Mystery Box with random crypto!

Bismillah... Alisher Navoiyni oʻqish - tafakkur qilish uchun h | Biz

Bismillah...
Alisher Navoiyni oʻqish - tafakkur qilish uchun ham zarur. "Hayrat ul-abror" asarini oʻqib shunday xulosalar chiqarasiz. Asarning "Iymon" bobini oʻqib oʻylab qoldim. Oʻzimizning holimizga nazar soldim, asar tafakkurga undadi. Alisher Navoiyning barcha asarlarini, asosan, islom falsafasining nazmiy durdonalari deb bilaman. Shoir "Hayrat ul-abror" asarida musulmon kishi qanday boʻlishi kerak ekanligini bayon etadi. Asarni oʻqir ekansiz, unda zikr etilgan shariat ahkomlariga goʻyoki biz aloqador emasdek yashayotganimizni oʻylab qolasiz. Unda musulmon kishining zimmasiga yuklatilgan vazifalardan biz goʻyoki soqit etilgandek yashayotgan ekanligimizni anglaysiz. Hamma qayergadir shoshilyapti, moddiy ehtiyojlarning ketidan quvmoqda, lekin ma'naviy boʻshliqni toʻldirish uchun harakat yoʻq. Asarni oʻqib bu dunyo uchungina yashayotganimizni tushunasiz.
Assalomu alaykum va rohmatulloh.

N.Foziljonov