Get Mystery Box with random crypto!

Sodiq School maktabidan 1 mlrd so'mdan ortiq Grant! Uzoq kuti | Abdulaziz Muhammad

Sodiq School maktabidan 1 mlrd so'mdan ortiq Grant!

Uzoq kutilgan onlar keldi, qarshi oling Sodiq School maktabimizda maxsus Grant o'rinlari ajratilmoqda. Ushbu Grant uchun alohida, 2 bosqichli imtihon o'tkaziladi va sinflar kesimi bo'yicha eng ko'p ball to'plagan o'quvchilar tanlab olinadi.

Imtihonning 1-bosqichida Matematika, Ingliz tili va Tanqidiy fikrlash fanlaridan test bo'lib o'tadi. Keyingi bosqichga o'tgan o'quvchilar esa Ustozlarimiz suhbatidan o'tishlari kerak bo'ladi.

Grant kvotalari 8-9 sinflar uchun 5 tadan (2 ta 100% lik, 3 ta 50% lik) , 10-11 sinflar uchun 10 tadan (4 ta 100% lik, 6 ta 50% lik) ajratilgan bo'lib, imtihonning 1-bosqichi 31-iyulda bo'lib o'tadi. Ro'yxatdan o'tish jarayonlari esa 29-iyulgacha davom etadi.

Ro’yxatdan o’tish faqatgina quyidagi raqamlarga qo'ng'iroq qilish orqali amalga oshiriladi:
78-888-8080, 90-819-4444,
90-819-3333

P.s. Imtihon joyi va vaqti haqida keyinroq xabar beriladi.