Get Mystery Box with random crypto!

Men o'zim ishlatayotgan texnologiyalar haqida hamma narsani bi | Abdulaziz Ochilov

Men o'zim ishlatayotgan texnologiyalar haqida hamma narsani bilishim shart

Savol: "Men 2 yildan beri Python tilidan foydalanib dasturchilik qilib kelaman. Lekin ko'p marta ishlatishimga qaramay, ba'zi narsalarni esimdan chiqarib qo'yaman. Har safar google qilishga to'g'ri keladi. Gap mendami yoki bu normal holatmi?"

Javob: "Tovba, 2 yil umriz bekor ketibdiku. Nima siz https://uzbekcoders.uz/ sertifikatlarini olmaganmidingiz? Haydash kerak sizni ishdan."

Hazil albatta.

Bu mutlaqo normal holat. Hammada bo'ladi. Sizda ham, menda ham, Guido van Rossumda ham. Guidoda sal ko'proq bo'lsa kerak.

Dasturchi sifatida bizning asosiy ishimiz qayerdan yechim topa olishni bilish. Yechimni eslab qolish emas.

@jakhonrakhmon