Get Mystery Box with random crypto!

IT bozori borgan sari yiriklashmoqda Research And Markets | Abdulaziz Ochilov

IT bozori borgan sari yiriklashmoqda

Research And Markets analitiklari ma'lumotlariga ko'ra, 2021-yilda Global IT bozorining hajmi 8,3 trln dollarga teng bo'lishi kutilmoqda. Shuningdek, prognozlarga ko'ra, 2022-yilda bu ko'rsatkich 9% ga yuqorilab, 11,8 trln dollarni tashkil etishi mumkin.

IT'ning AI (sun'iy idrok), VR (virtual reallik), IoT (Internert of Things) yo'nalishlari tobora trendga aylanib bormoqda.

2021-yilda IT-xizmatlar sohasi hajmining o'zi 1 trln dollardan oshdi. IT'ning yana bir katta sohasi Communication servislar, ya'ni aloqa xizmatlarida ushbu ko'rsatkich 1,3 trln dollarga yetdi.

Shunday bir zamonda IT-mutaxassislariga, kuchli bilimga ega kadrlarga talab borgan sari oshaveradi. Oldinlari IT-kompaniyalar mutaxassislarni mahalliy sharoitlardan kelib chiqib yoki o'z hududidan qidirgan bo'lsa, hozirda global IT ishchi bozorida bunday devorlar yo'q va kompaniyalar kadrlarni butun dunyo bo'ylab izlamoqda, qabul qilmoqda.

Yurtimizda ham IT'ni har tomonlama rivojlantirish va global bozorda o'z o'rnimizga ega bo'lish vaqti kelmadimikan?

@doston_dev sahifasidan olindi.

@Abdulaziz_Algorismic