Get Mystery Box with random crypto!

Mavzuni auditoriyaga yoritib berishda nimalarga e'tibor berish | Abdukarim Mirzayev(rasmiy)Ⓜ️

Mavzuni auditoriyaga yoritib berishda nimalarga e'tibor berish kerak?

1-mashq va vazifa

Eng birinchi navbatda, gapiradigan mavzungizga aloqador informatsiyalarni punktlarga boʻlib, skeletini tuzib oling. Masalan:

A punkt — mavzuga kirish.

B punkt — mavzuning asosi haqida firklarning "qaymogʻi" ni gapirish.

C punkt — mavzuga xulosa yasash.

D punkt — mavzuga doir savollarga javob berish.

Keyingi oʻrinda shunga eʼtibor beringki, har doim mavzungizga aloqador qandaydir yangi informatsiyalar kiritib boravering..Shunda bitta mavzuda bir xil gapni qayta-qayta aytishdan yiroq boʻlasiz!

Keyingi mashq va vazifa “Hayajonni yengish” haqida boʻladi.

@AbdukarimMirzayev_tv — Notiq mahorati darslari!