Get Mystery Box with random crypto!

Rashk - bu koʼngil mulkining himoyasidir. Oʼziga tegishli koʼn | أبدُكَرِمْو مِرشَهِد

Rashk - bu koʼngil mulkining himoyasidir. Oʼziga tegishli koʼngildan ayrilib qolish xavfidan muhofaza qilish chorasidir. Rashk qilayotgan inson hech istisnosiz malomat qilinmasligi kerak. Chunki u oʼz muhabbati uchun kurashmoqda. Faqat birgina oʼrinda rashk fojeaga yetaklaydi. Qachonki, rashkka badgumonlik qoʼshilib qolsa, u endi koʼngildagi muhabbat mulkini muhofaza qilmaydi, balki oʼz mulkini yakson qilib, muhabbatini oʼldiradi.

Nabiy alayhissalom rashkni iymondan dedilar, yomon gumonni esa iymondan ayiradi deya ogohlantirdilar. Buni amalda aralashtirib yuborayotganlar esa har doim oʼzlariga ham, yaqinlariga ham aziyat berib qoʼyayotganlari bor gap.