Get Mystery Box with random crypto!

Bayrogʻimiz – nomusimizdir! Bir davlatning kuchi muammolar qa | Abdukarim Mirzayev | LIVE 🔴

Bayrogʻimiz – nomusimizdir!

Bir davlatning kuchi muammolar qarshisida – sabablardan, qarashlardan, millatidan, elatidan qatʼi nazar – fuqarolarining birlasha olishidadir. Bu kabi birlashishlarning eng muqaddas timsoli bayroqdir.

Shu sababli ham xalqlar oʻz taraflarini, tarafdorliklarini bildirish uchun bir bayroq ostida birlashadilar. Bu birlashish zamirida sirlar, xazon boʻlgan umrlar, judoliklar, sogʻinch va yana bir olam orzular bor...

Bir yosh nigoh bayroqqa termilar ekan, xalqining betakror qoʻshigʻini tinglagandek boʻladi. Bu bayroq Temurning shamoli, Qodiriyning nigohi va oʻsmirning begʻubor tabassumi bilan hilpiraydi. 

Jonini soʻrasangiz, molini soʻrasangiz – beradi. Ammo aslo tuprogʻini soʻramang! Chunki bu tabassum qilayotgan begʻubor nigohlar bayrogʻi hilpirayotgan tuproqlar uchun boshingizga balo boʻladi. Hargiz uning soddaligi, joʻnligi, samimiyligi sizni aldamasin. Ularda bayrogʻiga uzatilgan qoʻllarni sindiradigan jurʼat ham bor.

Har kim bu bayroq qarshisida nasibasini oladi. Yaxshiligi bilan kelgan yaxshilik koʻradi, omonlik istagan omon qoladi. Yomon esa unga chang solganiga pushaymon bo‘ladi!

Bu bayroqda xalqning chegaralari chizilgandir. Chegaralarga ehtirom koʻrsatmaganlar esa razil va sharmanda boʻladi.

Azizlar, barchangizni 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan muborakbod etamiz!
 
Hurmat bilan Abdukarim Mirzayev