Get Mystery Box with random crypto!

​​ Koʻpchilik 'Oʻzimining ovozim oʻzimga yoqmaydi, qanday tuz | Abdukarim Mirzayev | LIVE 🔴

​​ Koʻpchilik "Oʻzimining ovozim oʻzimga yoqmaydi, qanday tuzatsam yoki nima qilsam boʻladi?" deb yozishadi.

Ha bu bor gap, insonning oʻz ovozi oʻziga yoqmasligi mumkin, ammo ovozlar ichida ishlangan ovoz bor, ishlanmagan ovoz bor. Asosiy masala shunda.

Chiroyli gapirish va toʻgʻri gapirish orasida farq bor, doʻstlar. Muhimi toʻgʻri gapirishlikdir. Alloh bergan ovozdan foydalanamiz, albatta, ammo uning ustida ishlasak, toʻgʻri nafas olsak, "chuqur" ovoz bilan gapirsak, harflarni toza holatda ishlatsak, ovozimiz ham goʻzallashadi, ham nutqimiz rivojlanadi.

Yana bir asosiy nuqta ovozning goʻzalligiga emas, fikrimizni toʻgʻri yetkazib berishga harakat qilmogʻimiz lozim.