Get Mystery Box with random crypto!

Azizlar, Xabaringiz bor vatandoshimiz, taniqli jurnalist, re | Abdukarim Mirzayev ✓ | Расмий Канали

Azizlar,

Xabaringiz bor vatandoshimiz, taniqli jurnalist, rejissyor va suxandon Abdukarim Mirzayev bir hafta muqaddam Turkiya politsiyasi tomonidan ushlangan edi. Shu kungacha tegishli choralar ko‘rildi, tajribali advokat yollandi va qo‘limizdan kelganicha Abdukarim Mirzayev va uning oilasini qo‘llab-quvvatlash, ko‘maklashishga harakat qilib kelmoqdamiz.

Hozirda Abdukarim Mirzayevga nisbatan shubha-gumonlar o‘z tasdig‘ini topmadi va barcha ayblovlar bekor qilindi. Biroq shubhali raqam bilan aloqaga kirishganlik vaji bilan deportatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan va Immigratsiya idorasining qayta jo‘natish bo‘limiga yuborilgan. Ayni vaqtda qarorni bekor qilish va do‘stimizni chiqarib olish bo‘yicha choralar ko’rilyapti.
Lekin bu tartiblar bir oz vaqt oladi, biz yana bir tadbir qilishni oʻyladik, ya’ni mutasaddilarga “Twitter” ijtimoiy mediasi orqali tezroq xabarni yetkizish. Quyida qisqacha instruksia:

1. Agar twittering bo’lmasa, emailingiz yoki mobil raqamingiz bilan yang twitter akkount oching.

2. twit o’laroq bir qisqa matn yozing, lekin eng muhim nuqta bu hashtag

3. # - #freeAbdukariM - hammamizda bir xil bo’lishi

4. va adres: @RTErdogan @suleymansoylu @Turkiye @Ahaber @FOXhaber @trt @Haberturk @KanalD @tgrt

5. va yuqoridagi # qilingan barcha twitlarni retwit qilish lozim. 50,000+ tweet qilinsa topga chiqish imkoni bo’ladi va bu masalani tezroq ko’rib chiqib hal qilishga bir sabab bo’ladi degan umiddamiz, Alloh hammangizdan rozi bo’lsin

Bizning Rasmiy Sahifalar

Telegram | Instagram | Facebook