Get Mystery Box with random crypto!

O‘zimga o‘zim va'da berdim: 'Endi aslo tanballik qilmayman, er | Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal

O‘zimga o‘zim va'da berdim: "Endi aslo tanballik qilmayman, ertadan ishga kirishaman".

Bugungi qahramonimiz shu qadar tanbalki, yashash uchun hatto nafas olishga ham erinadi… Uning o‘ziga xos oltin qoidalari bor:

Agar sen xohlagan narsani kimdir oyog‘ing ostiga olib kelib tashlamasa, demak, u narsa senga kerak emas!

O‘tirish imkoni bo‘lsa, turma; yotish imkoni bo‘lsa, o‘tirma!

Bordi-yu nimadir bo‘lib, ishlash istaging tug‘ilib qolsa, darhol biron joyga o‘tir va bu xohishing o‘tib ketishini kut…

Hikoyamiz qahramoni shu taxlit o‘zi bilib-bilmay, o‘zi tan olib-olmay, butun umrini tanballik degan “kasb”ning etagidan tutib o‘tkazganlardan.

Tan olaylik, aslida, biz ham mana shu “kasb”ning ashaddiy egalarimiz! Tanballarning tanbalimiz!

E'tirozingiz bormi, u holda, marhamat, oynani Siz tomonga qarataman…

Telegram | Instagram | TikTok | Twitter | YouTube | www.abdukarimmirzayev.com