Get Mystery Box with random crypto!

​​​​Kecha Prezidentimiz bilan “Shahidlar xotirasi” xiyoboniga | Abdukarim Mirzayev | Rasmiy kanal

​​​​Kecha Prezidentimiz bilan “Shahidlar xotirasi” xiyoboniga bordik. Biz uchun eng qora kunlar — o’zbek ziyolilarining ommaviy qatagʻon qilinganligi, millatimizning ildiziga urilgan eng ogʻir zarba edi. Biz eng zabardast, xalqparvar va ma’rifatchi olimlarimizni aynan oʻtgan asrning 20-40 yillarida yoʻqotdik, ya’ni ularni yoʻqotishdi, yo qammoqqa olishdi, yo surgun qilishdi yoki shunchaki “xalq dushmani” degan tuhmat bilan otib tashlashdi.

Shu davrlarda Cho‘lpon, Fitrat, Botu, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Otajon Hoshim, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori, Elbek, Rafiq Mo‘min singari bir-biridan iste’dodli adiblarni, ma’rifat targ‘ibotchilarini ham yoʻq qilishdi. E’tiborimni tortgani, kecha Prezidentimiz ana shunday ma’rifatparvarlardan biri Usmon Nosir haqida koʻp esladilar.

Usmon Nosir hali 25 yoshga yetmasidanoq
1937-yilning 14-iyulida “xalq dushmani” sifatida qamoqqa olinadi va Toshkent, Magadan, Kemerovo turmalarida yotadi. Usmon Nosir qatagʻon davrining qurbonlaridan biri sifatida yosh umrini shoʻro lagerlarida azob-uqubatda oʻtkazadi. Qamoqda inson bolasi chidashi mumkin boʻlmaydigan qiynoqlarga duchor boʻlgan shoir 1944-yilda Kemerovoda halok boʻladi.

Ota-bobolarimiz boshidan qanday ogʻir sinovlar oʻtganiga tarix guvoh. Ammo tariximizni turli davrlarda istagancha oʻzgartirdilar, xalqparvar bobolarimizning aziz nomini, butun xalqimizni yomonotliq qildilar.

Shukurki, bugun Vatanimiz ozod, mustaqil va buyuk ma’rifatparvar ota-bobolarimizning nomlari tiklandi. Endi yoshlarimiz bilan jadid bobolarimizni qanday maqsad bilan yashaganlarini oʻrganishimiz, chuqur tahlil qilib, ular mustaqillikka erishish yoʻlida jonlarini fido qilganlarining qadriga yetishimiz kerak va bu esa, albatta, Mustaqilligimizning qadriga yetish, uni koʻz qorachigʻimizdek asrashimizga bogʻliq. Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

@alisher_sadullaev