Get Mystery Box with random crypto!

'Qadam-baqadam cheksiz imkoniyatlar sari' biznes va shaxsiy ri | ABDUKARIM MIRZAYEV | Расмий канал

"Qadam-baqadam cheksiz imkoniyatlar sari" biznes va shaxsiy rivojlanish seminari!

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ko‘magi bilan 27-iyul kuni soat 17:30 da Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan "Ali Emiri Efendi" madaniyat markazida xalqaro toifadagi biznes murabbiy, "1000X" tadbirkorlar va soha professionallari klubi asoschisi va prezidenti Ikhtiyar Dosmetovning "Qadam-baqadam cheksiz imkoniyatlar sari" nomli biznes va shaxsiy rivojlanish seminari bo‘lib o‘tadi!

Seminarga Istanbulda faoliyat yuritayotgan o‘zbek tadbirkorlari hamda turli soha egalari bo‘lgan vatandoshlarimiz taklif etiladi!

Unutmang! Seminarda ishtirok etish MUTLAQO BEPUL! Barchangizni seminarda kutib qolamiz!

Seminarga ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi havola ustiga bosing: https://bit.ly/3BxHw0X

Manzil: Hirka-i Şerif, Akşemsettin Cd. No:66, 34134 Fatih/Istanbul
Mo'ljal: Istanbul metrosining "Emniyet Fatih" metro bekati.