Get Mystery Box with random crypto!

​​Azbobooks dan yana bir yangi kitob!!! Grigoriy Petrovning ' | ABDUKARIM MIRZAYEV | Расмий канал

​​Azbobooks dan yana bir yangi kitob!!!

Grigoriy Petrovning "Oq nilufarlar yurtida" Azbobooks loyihasida chop etilmoqda.

Bu asar – botqoqqa botib qolgan finlarni qanday qilib gurkirab rivojlanib ketganligi haqidagi kitob. Asarda bir qancha fin ziyolilari ta'lim tizimini o'zgartirish orqali millatning uyg'onishiga hamda rivojlanishiga erishganligi tasvirlab berilgan.

Iqlimi sovuq hamda asosiy qismi botqoqlik bo'lgan Finlandiya 600 yil davomida Shvetsiyaga, yuz yildan ziyod vaqt Rossiyaga qaram bo‘lgan. 1917 yildan so‘nggina mustaqil davlat sifatida dunyo miqyosiga chiqa boshlagan. Ozodlikka erishgan finlar taraqqiyotni ta'limda ko‘rdi. Ular xalqni hamda davlatni rivojlanishiga faqat ta'lim orqali erishish mumkinligini isbotlab berdi.

Rivojlanayotgan davlatlar Finlyandiya tajribasiga qaraganda bir jihatga katta e’tibor qaratishlari lozim — ya’ni nimadir o‘rganmoqchi bo‘linsa, Finlyandiya ta’lim tizimining hozirgi holatdan emas, 50-60 yil oldingi holatiga va o‘sha davrlardagi muammolarni yechish uchun qaysi bosqichlarni bosib o‘tganiga qarashi lozim. Kitobda Finlandiyaliklar o'sha bosqichlardan, muammolardan qanday o'tganligi batafsil yoritilgan.

Kitobni uyingizdan chiqmasdan xarid qilishingiz mumkin. O'zbekiston bo'ylab yetkazib beriladi.

Narxi: 35000 so'm
Muqova: Yumshoq

Buyurtma uchun:
Tel: +998555000207
Telegram: @azboboooks
Kanalga o'tish @azbouzshop

Telegram | Instagram | Tiktok | Fecebook |