Get Mystery Box with random crypto!

2018 yildan buyon Registon TV da bosh rejissyor oʻlaroq faoliy | Abdukarim Mirzayev

2018 yildan buyon Registon TV da bosh rejissyor oʻlaroq faoliyat yuritdim. Ustozlar, shogirdlar bilan birgalikda yaxshi loyihalarni amalga oshirdik. Kamchiliklarimiz ham boʻldi. Yoʻl-yoʻlakay tuzatdik. Katta yoshdagi kuzatuvchilarimiz bilan bir qatorda bolajonlarimizni ham unutmadik. Ular uchun “Nussa va Rara”, “Omar va Hanna”, “Jasur yigit”, “Shakar xoʻja”, “Mening doʻstim A”, “Ustoz Alif” kabi multfilmlarni oʻzbek tiliga oʻgirdik. Diniy, madaniy-maʼrifiy koʻrsatuvlar bilan bir qatorda, koʻplab hujjatli va qisqa metrajli badiiy filmlarni tasvirga oldik.

Bugun shaxsiy loyihalarim koʻpayib qolganligi, vaqtimning koʻp qismini taʼlimga sarflayotganim uchun Registon TV dagi faoliyatimga yakun yasadim.

Jamoaning kelgusi ishlariga rivoj tilayman! Ishonamanki hali koʻp yillar davomida kuzatuvchilarini sifatli, saviyali loyihalar bilan xursand qilishadi. Alloh xayrli ishlarda barchamizni bardavom qilsin!


Ehtirom bilan

Abdukarim Mirzayev