Get Mystery Box with random crypto!

Makka fath bo‘lgan kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam | Abdujalilov_A|Blog

Makka fath bo‘lgan kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Baytullohni tavof qilib yurgan chog'larida Fazola ibn Umayr degan kishi ham Baytullohni tavof qilmoqchi bo‘lib, Payg‘ambarimiz yonlarida ergashib yurdi. Tavof ichida niyati buzilib Rasulullohni o'ldirishga qasd qilib, yaqinlashib keldi. Shunda Payg‘ambarimiz unga qarab aytdilar:
- Ey Fazola, shu hozirda sen nimani o‘ylab turibsan?
Shunda u aytdiki:
- Hech narsani o‘ylaganim yo‘qdir, yo Rasululloh. Allohni zikr qilyapman. Rasululloh uning gapiga kuldilar. So'ngra:
- Ey Fazola, tavba qil, istig‘for aytgil, - deb uning ko‘ksiga muborak qo‘llarini qo‘ygan edilar, shu onda uning ko'nglidagi barcha buzuq xayollar ko‘tarildi.
Shu haqda Fazolani o‘zi:
- Meningcha, yer yuzida eng yomon ko‘rgan kishim qo‘lini ko‘ksimga qo‘yib edi, uni ko‘tarmay turib, eng yaxshi ko‘rgan kishim bo‘ldi.