Get Mystery Box with random crypto!

Qah-qaha otib kulishdan saqlan. Chunki unda sakkizta ofat bord | Sultan Abdulhamidxon

Qah-qaha otib kulishdan saqlan. Chunki unda sakkizta ofat bordir:

1. Seni ulamolar va aqlli kishilar yomon ko‘radi.

2. Senga johillar va axmoqlar jur’at qiladi.

3. Agar johil (ilmsiz) bo‘lsa, ilmsizligi ortadi, agar olim bo‘lsa, ilmi
kamayadi. Chunki xabarda keldi: «Albatta, olim kishi kulsa, uning ba’zi ilmi otilib chiqadi».

4. Qahqaha otib kulishdan o‘tgan gunohlarni unutish bordir.

5. Qahqaha otib kulinsa, kelajakda gunohlarga jur’at qilinadi. Chunki, kim kulsa, qalbiqattiq bo‘ladi.

6. Unda o‘limni va oxirat ishlarini
unutish bordir.

7. U kuldirgan kishining gunohi unga o‘tadi.

8. Ozgina kulish bilan oxiratda ko‘p yig‘lash «mukofoti» bor.